Главная » 2011 » Июль » 14 » 2011-yil jahon iqtisodiyoti uchun eng yomon yil bo‘ldi.
02:44
2011-yil jahon iqtisodiyoti uchun eng yomon yil bo‘ldi.


2011-yil jahon iqtisodiyoti uchun eng yomon yil bo‘ldi. Shu yilning 11- mart kuni Yaponiyada yuz bergan kuchli zilzila va sunami oqibatida jahon iqtisodiyoti 2011-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi yo‘qotish – 265 milliard zararni boshidan o‘tkazdi. Bu haqda "Agence France-Presse” agentligi jahondagi eng yirik qayta sug‘urtalovchi kompaniya – "Munich Re” hisob-kitoblariga tayangan holda xabar qilgan. Aksincha, 2010-yilda yuz bergan tabiiy ofatlarning barchasi jahon iqtisodiyotiga 130 milliard dollarga tushgan edi. Taqqoslaydigan bo‘lsak, shu paytgacha jahon iqtisodiyoti uchun eng zararli deb hisoblangan 2005-yilda tabiiy ofatlar butun dunyoga 220 milliard dollar zarar keltirgan edi. O‘sha yili AQSh janubida ko‘tarilgan hamda Yangi Orlean shahrining qariyb 80 foizini buzib yuborgan birgina "Katrina” to‘foni 125 milliard dollar miqdorida zarar keltirgan. "Munich Re” tahlilchilarining ta’kidlashicha, birinchi yarim yillikdagi zarar, odatda, ikkinchi yarim yillikka qaraganda kamroq bo‘ladi. Shunday qilib, tabiiy ofat natijasida jahon iqtisodiyotining ko‘rgan zarari yil oxiriga kelib sezilarli darajada oshishi mumkin. Bundan tashqari, ko‘rilgan zararlarning barchasi ham sug‘urta kompaniyalari tomonidan qoplanmaydi. Avvalroq, Yaponiya hukumati 11-martda yuz bergan yer silkinishi va ko‘tarilgan sunami hamda ularning oqibatida "Fukusima-1” atom elektr stansiyasining falokati mamlakat iqtisodiyotiga 210 milliard dollar miqdorida zarar keltirganliginia ma’lum qilgan edi. Jahon banki esa Yaponiyaning zilziladan ko‘rgan zararini 122-235 milliard dollar atrofida baholagan. 2011-yilning birinchi yarim yilligida yuz bergan tabiiy ofatlar juda katta miqdorda iqtisodiy zarar keltirishiga qaramasdan, ularning oqibatida butun dunyo bo‘ylab 20 ming atrofidagi kishi halok bo‘lgan xolos. Aksincha, o‘tgan yili yuz bergan tabiiy ofatlar natijasida butun dunyo bo‘ylab jami 230 ming kishi halok bo‘lgan.
Категория: Har-Xil | Просмотров: 582 | Добавил: JANOB_XECHKIM
Всего комментариев: 1
0  
1 BVLGARI   (14.07.2011 02:57) [Материал]
Yahshi

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]