
"Diqqat shaharda sevishganlar"
kartinasi Ikrom Alining ilk rejissorlik ishi hisoblanadi. Stenariy
muallifi Dilafruz Muxamedjanova. "Diqqat shaharda sevishganlar
film"ining syomka jarayoni juda qizg'in tarzda olib borilmoqda. Albatta
bunda filmning rejissori prodyusseri va operatorlarining o'rni katta.
Syomka jarayoning e'tiborli joylari shundaki, filmda ishtirok etgan
aktyorlarning barchasi o'zlari yaratayotgan obraz qahramonlariga mos. "Diqqat shaharda sevishganlar"
filmi hozirgi yoshlarning hayotidan olingan bo'lib, ularning turmush
tarzi, ko'chadagi, ishxonadagi hayoti aks ettirilgan. Syomka jarayoni 3
oydan buyon davom etmoqda. Ushbu filmda yosh, ammo iste'dodli aktyor
UzTim guruhi solistlari Islom Davudov, Avaz Isomuhammedov hamda
Diyora,Jamshid Abduazimov,Zuhra Soliyeva, Husan, Ma'mur Holmedov, Shirin
va bir qancha taniqli aktyor va aktrisalarimiz filmda rol ijro
etishgan. Film uchun maxsus soundtreck qo'shiqni "UzTim" guruhi hamda
"Guruhh" kuyladi. Qo'shiq "Sevgi" deb nomlanadi. Endilikda ushbu
qo'shiqni portalimizning Mp3 Musik bloki orqali ham tinglab baho berish
imkoniyati mavjud. Hozirda qo'shiq uchun klip montaji olib borilmoqda.
Tez orada TV kanallari orqali tomosha qilishingiz mumkin. "Diqqat
shaharda sevishganlar" filmining prem'erasi Sentyabr oylarining
boshlariga bo'lishi rejalashtirib qo'yilgan.
Filmning rejissyori Ikrom Ali.
Hozircha esa "Diqqat shaharda sevishganlar" filmidan fotolavhalarni tomosha qilish imkoniyatiga egasiz.













|