Главная » 2011 » Май » 21 » Zehningizni sinab ko'ring
19:18
Zehningizni sinab ko'ring



Zehningizni sinab ko'ring

Ushbu sahifada o'z zehningizni masla yechish orqali sinab ko'rishingiz mumkin. Misol va masalalar yechib turish bilimlaringizning yanada mustahkamlashuviga sabab bo'ladi. Bu orqali siz aqlingizni charxlaysiz. chunki, egallagan bilimlaringizga doir masala yechish, ilm va formulalarni yodingizda mustahkam saqlanib qolishiga yordam beradi. Masala yechish amaliy mashg'ulot, siz bu orqali tafakkur va bilimingizdagi kamchiliklarni bilib olasiz. Marhamat, sahifadagi masalalarni yechishga bir urinib ko'ring

Uch qishloq
Bir mamlakatda Rostgo'ylar, Yolg'onchilar, rostgo'ylar va yolg'onchilar aralash yashaydigan Aralash qishloqlari bor ekan. Mos ravishda, birinchi qishloqda faqat rostgo'ylar,, ikkinchisida faqat yolg'onchilar, uchinchi qishloqda esa har ikki toifa aralashib istiqomat qilishar ekan. To'satdan o't o'chirish idorasiga qo'ng'iroq bo'libdi:
-Bizning qishloqqa o't ketdi.
-Siz qayerda yashaysiz ?
-"Aralash" qishlog'ida.
Savol: O't o'chiruvchilar qaysi qishloqda yashaydi ?

Matematik necha yoshda ?
Bir kuni ikki matematik uchrashib qolibdi. Hol ahvol so'rashgach birinchi matematik do'stidan so'radi:
- Hozir necha yoshdasiz ?
ikkinchi matematik javob berdi:
- Men tug'ilganda otam 25 yoshda edilar, hozir otam va mening yoshimizni qo'shsak 89 bo'ladi.
Savol: Matematik necha yoshda ?

Bozorda
Qassob 1 000 000 so'm bilan bozorga tushdi. U roppa -rosa 100 ta hayvon sotib olishi kerak. Sotuvda sigir, g'oz va tovuq bor. Sigir 150 000 so'm, g'oz 10 000 so'm va tovuq 2 500 so'm turadi. U kamida har bir hayvondan bittadan olishi va barcha pulni ishlatishi shart.
Qassob nimalarni sotib oladi ?

Ona va bola
Onaning yoshi o'z qizining yoshidan 4 barobar katta. 20 yildan so'ng ona qizidan 4 baravar katta bo'lib qoladi. Ona va qizning yoshini aniqlang.

Tenglama
ikkita sonning yig'indisi 10 ga teng, ularning ko'paytmasi ham 10 ga teng. Bular qaysi sonlar ?

Shahar aholisi
Toshkent shahridagi aholining 85 foizi o'zbekcha so'zlasha oladi. 75 foizi esa ruscha so'zlasha oladi.Agar shahardagi har bir fuqaro kamida bu ikki tildan birini bilsa, Har ikkila tida so'zlasha oladiganlar necha foizni tashkil qiladi?

Metroda
Metroning o'ziyurar zinapoyasida ikki kishi zinapoya yo'nalishida yugurib chiqishyapti ularning biri ikkinchisiga qaraganda tezroq yugurmoqda. Savol: ularning qaysi biri yuqoriga ko'tarilguncha ko'proq zinapoya pog'onalarini sanaydi ?

Категория: Har-Xil | Просмотров: 1078 | Добавил: JANOB_XECHKIM
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]