Главная » 2011 » Апрель » 22 » Yaqinlarim orasida birgina begonam...
21:58
Yaqinlarim orasida birgina begonam...




Kel do'stim, bugun sen bilan xasratlashay. Sen bilan bo'lmasa yana kim bilan xam dartlashardim? Kecha eding menga sevgim, bugun esa yaqin do'stim.

Do'st bo'lib qolamiz, bunchalar oson... tanlab xal qilganding bir necha oy avval. Do'stimsanku endi qani ayt, kimga dardim aytarman yana?

Kimga ko'nglimni ochib, kimla yana xasratlasharman? Sog' omonmisan? Ko'ngil xotirjam? Qalbingda sokinlik? Qalaysan do'stim?

Senga aytsam menda undaymas, omondekmanu sog'ga o'xshamam, ko'ngil bordek lekin sezilmam, qalbim boru unda xamon g'alayon. Qandaymanmi do'stim?

Yomonman, juda ham yomon...
Kel do'stim tingla endi mening dardimni. Tingla dodimni. o'zing tanlab do'stlikni nogox, natijasin o'ylamading ham.
Kerakmidi senga ayt, undan ortiq og'ir mushkullik? Sevgi kelar ketar derlar, do'stlik esa abadiy.
Abadiylik tanlabsan yaxshi, mana yana oldingdaman man. Jimsan do'stim yana bosh egik, ko'nglingga sig'maydimmi yana aytgin? Sevgim sig'magandek o'shal paytidek, do'st ham bo'lolmayman dersan bevafo...
Bugun mening do'stim, kecha bo'lgan sevgilim... Nimani tanlarsan yana ayt menga? Dushman bo'lasanmi naxotki menga?
Mayli nima derman, roziman yana. Kelaman vaqt o'tib kutgil dushmanni. kelaman kelamanu aytaman senga, achiq-achiq gaplarni birdan, shuncha payt yiqgan alamga bilsang dushman bo'lish osonroq kechar.
Og'riq-og'riq nuqtalaringni, qalb to'ridan topib aytaman, yuzingga solaman hamma-hammasin. Yrib tashlayman ham turtib-turkilab, hor qilib urarman balki g'azabdan. Sobiq muhabbatim, kecha sen do'stim, endi esa chida, chidaysan g'anim!
Ko'zlaring yoshlanar... titraysan yig'lab... Chiday olmayman men birinchi bo'lib... Yurib sindirsanmi qo'llarimni ayt, tilimni kesaymi senga so'kingan... Quchoqlab olaman... yana sevaman...
Sevib do'st qilding... Keyin dushmaning, mana bag'rimdasan yig'laysan nochor...
kecha eding kimim? Bugun kimimsan? Sevib sevgim deyolmasman, do'stim deb do'st ko'rmay, dushmanlikka esa... qo'ymas muhabbat...
Begonalar ichindagi eng yaqinimsan, yaqinlarim orasinda birgina begonam...
Категория: Har-Xil | Просмотров: 544 | Добавил: JANOB_XECHKIM
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]