Главная » 2011 » Июль » 26 » Wi-Fi endi Li-Fi Deb nomlanadi
04:42
Wi-Fi endi Li-Fi Deb nomlanadi


Yaqinda olimlar
ma’lumotlarni o‘tkazish
uchun mo‘ljallangan
mutlaq yangi
texnologiya ustida
ishlashni boshlab yuborishgan edi. Bu
simsiz interfeys bo‘lib,
uning yordamida oddiy
yoritguvchi asboblardan
foydalangan holda
nurlanish maromini buzmay, osongina va
tezkorlik bilan
ma’lumotlarni o‘tkazish
mumkin. Buning uchun
insonning ko‘ziga ta’siri
judayam kam bo‘lgan yorug‘lik diodlarining
intensivligini tezda va
yuqori aniqlikda
o‘zgartira olish
qobiliyatiga ega
texnologiyalardan foydalaniladi. Wi-Fi
texnologiyasining
ushbu analogi Li-Fi
(inglizcha, light –
yorug‘lik so‘zidan
olingan) deb nomlanadigan bo‘ldi.
Ma’lumotlarni
o‘tkazishda yorug‘likdan
foydalanish g‘oyasi
yaqinda paydo bo‘lgan
emas, bunday g‘oya bir asr avval ham mavjud
bo‘lgan. Ilk marta simsiz
telefon qo‘ng‘irog‘ini
amalga oshirgan shaxs
Aleksandr Bell bo‘lib, bu
voqea 1880-yilda yuz bergan. Bell buni
o‘zining "Fotofon” deb
nomlangan kashfiyoti
yordamida amalga
oshirgan. "The New
York Times” gazetasining yozishicha,
yorug‘lik yordamida
ma’lumotlarni
o‘tkazishga bo‘lgan
ilmiy va tijoriy
qiziqishlar, asosan, so‘nggi yillarda
kuchayib ketdi. Tan olish
kerakki, bugungi kunda
Wi-Fi texnologiyasi
shunday ommalashib
ketdiki, hozirda undan hatto samolyotlarda,
avtobuslarda,
muzlatgich va
sovutgichlarda,
umuman olganda,
deyarli barcha turdagi elektronika vositalarida
foydalanish mumkin.
Biroq, ushbu
texnologiya orqali
ma’lumotlarni o‘tkazish
uchun mo‘ljallangan kirish nuqtalari (access
point) va unga
bog‘lanuvchi simsiz
qurilmalarning ishlashi
bir-biriga halaqit berib
qolishi mumkin. Bu esa simsiz tarmoqning
o‘tkazish imkoniyatini
pasaytiradi, natijada
kishilarda ma’lumotlarni
o‘tkazishning muqobil
variantlarini ishlab chiqish ehtiyoji paydo
bo‘ldi. Garald Xaas –
Edinburg universiteti
professori, bu sohada
o‘z izlanishlarini 2004-
yilda boshlagan bo‘lib, o‘tgan hafta u ilk Li-Fi
timsolini namoyish
qildi. U o‘tkazgan
tajribada ma’lumotlarni
o‘tkazish tezligi 10
Mbit/s gacha yetdi. Biroq, professor Xaas
interfeys tezligini yil
oxirigacha 100 Mbit/ s
gacha yetkazishni
rejalashtirmoqda.
Yorug‘lik kommunikatsiyalari
sohasida ilmiy
izlanishlarni olib
borayotgan Siemens
kompaniyasi ham
o‘tgan yili besh metrlik masofaga ma’lumotlarni
o‘tkazishda 500 Mbit/s
tezlikka erishganligini
ma’lum qilgan edi.
Yorug‘lik orqali
ma’lumotlarni o‘tkazish texnologiyasiga
ko‘pchilikning qiziqishi
baland, chunki unda
hech qanday
radioto‘lqinlarsiz
ma’lumotlarni simsiz tarmoqda o‘tkazish
mumkin. Bundan
tashqari, neft
platformalarida, suv
ostida, navigatsiya
qurilmalari ishlaydigan samolyotlarda
radioto‘lqinlardan
foydalanish ko‘pincha
ish faoliyatiga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi.
Категория: Новости | Просмотров: 811 | Добавил: BVLGARI
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]