Главная » 2011 » Сентябрь » 18 » VALIJON SHAMSHIЕV CHAK NORRISNI KINOGA TAKLIF QILDI!
14:46
VALIJON SHAMSHIЕV CHAK NORRISNI KINOGA TAKLIF QILDI!

"O’g’lon yoxud tiklangan oila” filmidan so’ng boshqa ishlarini ham yetkazib olish payiga tushgan Valijon Shamshiev nihoyat yana yangi film suratga olishga kirishdi. Bu galgi filmimiz juda jiddiy bo’ladi, deydi Valijon. Hatto unda o’zi ham suratga tushmasligi mumkin ekan. Negaki, turmush zarbalariga duchor bo’lgan sportchi hayoti aks etadigan filmda hatto Chak Norrisning ham ishtiroki ko’zda tutilgan. Kimlargadir bu erish tuyulayotgandir, ammo Valijon Shamshiyevning yaqindagina AQShda bo’lib o’tgan karate bo’yicha jahon chempionatida faol ishtirok etgani va uning Chak Norris karate oilasiga a’zo bo’lganligi, Bu ro’yoning haqiqatga aylanishini ta’minlasa ajab emas. Qisqa qilib aytganda, Valijon Shamshiyev o’zbek kino olamida jiddiy filmlar bilan nom qozonishga kirishdi. U hatto bunga erishish uchun faqat ekran ortida ham mehnat qilishiga rozi. Nima ham derdik, ko’p qirrali ijodkor shu paytgacha nimani ko’zlasa shunga erishdi. Bu gal ham uddalashiga ishonamiz.
Категория: Новости | Просмотров: 587 | Добавил: SuperBoy
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]