Главная » 2011 » Ноябрь » 17 » Usoma bin Ladinga qarshi kurash AQSh uchun qanchaga tushdi?
21:47
Usoma bin Ladinga qarshi kurash AQSh uchun qanchaga tushdi?




AQSh Kongressi Tadqiqot xizmatining baholashicha, Amerika 2001-yil 11-sentabrdan beri global terrorizmga qarshi kurash, xususan birinchi raqamli terrorist Usoma bin Ladinni yo‘q qilish uchun jami 1,28 trln. $ (joriy narxlar bo‘yicha) sarflagan. Bu raqam bugungi kunda Kanadaning bir yillik yalpi ichki mahsulotiga teng. 

Xususan, Usoma bin Ladinni qo‘lga olish va "Tolibon” rejimini ag‘darish uchun mo‘ljallangan Afg‘onistondagi harakatlar uchun o‘tgan 10 yil mobaynida Amerika budjetidan 444 mlrd. $ mablag‘ sarflangan. 

Iroqda olib borilgan urush esa Amerikaga ikki baravar qimmatga – 804 mlrd. $ ga tushdi.

Bundan tashqari, razvedka ishlari va butun dunyo bo‘ylab Amerika harbiy bazalarini mustahkamlash xarajatlari ham bunga qo‘shib hisoblangan.
manba uzfilm.biz

Категория: Новости | Просмотров: 495 | Добавил: JANOB_XECHKIM
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]