Главная » 2011 » Апрель » 11 » URDB – Ginnesning rekordlar kitobiga qarshi onlayn rekordlar kitobi
10:42
URDB – Ginnesning rekordlar kitobiga qarshi onlayn rekordlar kitobi


View Image

Ginnesning rekordlar kitobi shu paytgacha odamlarni hayratda qoldiruvchi, ajobtovur xatti-harakat egalarini munosib taqdirlab kelmoqda. Biroq, odamlarni hayratda qoldiruvchi yoki hammaning ham qo‘lidan kelavermaydigan har qanday ishni bajarib ushbu rekordlar kitobiga kirib bo‘lmaydi. Xo‘sh, Ginnesning rekordlar kitobiga biror muqobil yoki raqobatchi loyiha mavjudmi? Ha, bor albatta. Bu – 


, onlayn rekordlar kitobi.

URDB (Universal Record Database) saytining Ginnesning rekordlar kitobichalik mashhur bo‘lib ketishiga ancha-muncha "qovun pishig‘i” bor albatta. Biroq, loyiha asoschilari rekordni aniqlashda va ro‘yxatga kiritishda o‘zgacha uslubdan foydalanishmoqda. Bu bilan u Ginnesning rekordlar biznesidagi yarim asrlik monopoliyasiga barham bermoqchi.

Agar siz ham URDB onlayn rekordlar kitobiga kirmoqchi bo‘lsangiz, buning yo‘li harqalay Ginneschalik qiyin emas. Buning uchun siz biror aqlbovar qilmas (siz shunday deb o‘ylagan J) ishni amalga oshiring va uni video-tasvirga tushiring. Keyin, URDB saytidan ro‘yxatdan o‘ting va video faylni yuklang. Sayt xodimlari bir necha kun ichida sizning video faylingizni ko‘rib chiqib, agar bazada xuddi shunga o‘xshash rekord mavjud bo‘lsa, u bilan solishtiradi va sizning natijangiz unikidan yaxshiroq bo‘lsa, siz yangi rekordchiga aylanasiz. Agarda shu paytgacha o‘sha siz aqlbovar qilmas deb hisoblagan ish URDB bazasida bo‘lmasa, loyiha ma’muriyati tomonidan ko‘rib chiqiladi va u yangi rekord deya e’lon qilinadi.

Siz odamlarni hayron qoldiruvchi yoki aqlbovar qilmas ishlarni amalga oshira olasiz, lekin sizni Ginnesning rekordlar kitobiga kiritishmayaptimi? Unda hoziroq www.urdb.org saytiga kiring va o‘z rekordingizni o‘rnating!

Категория: Новости | Просмотров: 688 | Добавил: Oyimtila_Honimcha
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]