Главная » 2011 » Май » 13 » Tovuqli say - Куриное филе с овощами
09:53
Tovuqli say - Куриное филе с овощами



Bu taomni ihtiro qilishimga bolalarim sababchi bo`lishgan. Mol, qo'y go'shti bilan bir qatorda tovuq go'shtiniyam yedirish qiyin kechib qolmasdan, ovqatda goh bu narsasini, goh u narsasini yemasdan odamni qiynab yuborishardi. Bolalarni ovqatda yaxshi ko'rib yeydigan masalliqlari asosan sabzi bo'lgani uchun yoniga ozgina tovuq go'shti, bolgar qalampiri, piyoz va pomidor sousi qo'shganim bilan bolalarbop ovqat hosil bo'ldi. Bu podlivoni bizni bolalar Turkcha pilav bilan sevib iste'mol qilishadi.

Kerakli masalliqlar:
  • 1 dona tovuq ko'kragi
  • 1-2 dona sabzi (ta'bga ko'ra)
  • 1 dona piyoz (o'rtacha)
  • 1 dona sarimsoq
  • 2 dona bolgar qalampiri (qizil, sariq, yashil)
  • 100 ml tomat sousi
  • o'simlik yog'i 
  • tuz
  • murch
  • ziravorlar ta'bga ko'ra
yuvib, somoncha shaklida tog'rab tuzlangan tovuq ko'kragini

o'rtacha qizgan yog'da yengil qovuramiz

 somoncha shaklida to'g'ralgan sabziniyam qo'shib yengil qovuramiz

 piyoz va sarimsoqni qo'shib, piyozni seli chiqquncha qovirib...

bolgar qalampirini qo'shamiz (somoncha shaklida)

tomat sousini qo'shib, past olovda 20 minut dimlaymiz.
Iloji boricha sabzavotlarni shakli buzilmasligi uchun va taomga estetik did berish maqsadida, aralashtirmaslikka harakat qilamiz

Taom tayyor!
Taom yonida garnir sifatida turkcha pilav

 

kartoshka pyure, no'xat pyure va hakozolar bilan 
dasturhonga tortiq qilish mumkin.
Yoqimli ishtaxa!
Категория: Oshxona | Просмотров: 694 | Добавил: Oyimtila_Honimcha
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]