Главная » 2011 » Май » 14 » Shou-Beznes Yangiliklar
17:29
Shou-Beznes Yangiliklar


10 may kuni xonanda Ziyodaning yangi "Tun. Tong” deb nomlangan qo'shig'iga, yangi videoklip suratga olingan. Qo'shiq so'zi Temur, Ziyoda musiqasi va Rustam To'lashev aranjerovkasi. Videoklipni "Kreativ” studiyasidan Sarvar Karimov suratga olgan. Klipni suratga olish ishlari 10 may kuni ertalab soat 9.00 da boshlanib, 11 may tonggi soat 6.00 gacha davom etgan. Klipda xonanda Ziyoda butunlay boshqacha ko'rinishda namoyon bo'lgan. Yaqin soatda batafsil ma'lumot va suratlar taqdim qilamiz.




-Yakshanba 15 may kuni Nilufar Usmonovaning xonadanida ba'zi mashxur yulduzlar yig'ilishadi. Sabab uning yangi "Xayolimning o'g'risi" qo'shig'iga klip suratga olinadi. Mashxurlarning klipdagi o'rni va umuman klipdan reportajni nasib etsa d
"Firibgar” filmi rejissyori Aziz Umrzoqov o'zining navbatdagi, yangi filmini suratga olish ishlarini boshlash arafasida. Hozircha filmning nomi shartli ravishda "Oqibat” deb nomlangan.

- Dunyoda oqibatsiz insonlar ko'payib ketayotganligi uchun ham, oqibat haqida film suratga olmoqchiman – dedi rejissyor Aziz Umrzoqovning o'zi.

Filmda bosh rollarni yosh aktyor Rahim Ғafurov va aktrisa Zarina Nizomiddinovalar ijro etishadi. Shuningdek, aktyor Hamid Toshpo'latov film voqealari markazida turgan asosiy obraz, ota obrazini talqin etadi.

Filmni suratga olish ishlari 15 maydan boshlanadi.



-16 may kuni Jaxongir Otajonovning 100 foiz jonli konsertining ilk kuniga start beriladi. Bu konsertni nafaqat muxlislar balki shou-biznes olami vakillari judayam kutishayotgani sir emas. 17 may kuni esa mazkur konsertning ikkinchi kuni.

-20 may kuni xonanda Lola va akter Ulug'bek Qodirov ijrosidagi "Yondiradi, kuydiradi" avantyur komediya filmi premerasi bo'lib o'tadi


Категория: Har-Xil | Просмотров: 643 | Добавил: JANOB_XECHKIM
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]