Главная » 2011 » Ноябрь » 12 » Setoraning «3 taqdiri» yohud yangi qirralarning kashfiyoti
22:05
Setoraning «3 taqdiri» yohud yangi qirralarning kashfiyoti





O'zbek kinosi kun sayin ommalashib, kino ixlosmandlari uchun deyarli har oy yangidan yangi filmlar taqdim etib kelinmoqda. Ushbu filmlar orasida ko'pincha bir personaj hayoti yoritib berilsa, seriallarda buning aksi, yani ko'plab personajlar mavjud bo'ladi. Lekin aynan bir necha personaj hayotini bir filmda yoritib, uni muxlislarga taqdim etish kamdan-kam holatda amalga oshadi. Durdona To'laganova rejissorligi ostida suratga tushirilayotgan yangi "3 taqdir" filmi aynan nomiga monand, 3 personaj hayotini keng yoritib beradi. Nodira Jumayevaning hayotiy ssenariysi asosida Yodgor Nosirov tasvirga tushirayotgan filmda 3 bosh qaxramon obrazini Setora guruhi qizlari yoritib berishgan. Albatta ushbu film ular uchun debyut bo'lsada, akterlik borasidagi izlanishlar ularning yangi qirralari kashfiyoti desak mubolag'a bo'lmaydi. Bundan tashqari ushbu film uchun Setora guruhi qizlari shu kunlarda Tarona Rekords studiyasida soundtrack tarona yaratishmoqda. Tarona guruh ijrosidagi avvalgi kompozitsiyalarga umuman o'xshamaydi. Ushbu tarona Setorachilarning aytishiga ko'ra, ularning ijodiga birmuncha o'zgarish kiritishi mumkin ekan. Ko'ramiz albatta... Ha aytgancha, Setorachilardan Malika turmush qurayotganligi va kuyovning yoshi o'zidan birmuncha kichikligi, Nigoraning dekabr oyi ikkinchi yarmisida ona bo'lishi, hamda Shahzodaning guruhdagi qizlar bilan aloqasi yomonlashgani haqidagi gaplarga siz aynan yaqin kunlarda "3 taqdir" filmi orqali aniqlik kiritib olishingiz mumkin bo'ladi

Категория: Har-Xil | Просмотров: 437 | Добавил: JANOB_XECHKIM
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]