Главная » 2011 » Июнь » 15 » Qanday qilib norasida ko'dakni sotish mumkin...
22:10
Qanday qilib norasida ko'dakni sotish mumkin...


Assalamu alaykum va raxmatullohu va barakotuh Aziz Saytdoshim. Bu xayot insonga saboq olish uchun ko'p voqealarga guvox etarkan. Inson Katta bo'lgani sayin turli xil voqealarni ko'rib, saboq olib yashar ekan. Nima uchun bunday deyayotganimni maqolani oxirigacha o'qisangiz tushunib olasiz.Bu voqea xam O'z xayotimda ya'ni yon atrofimdagi insonlar orasida bo'lib o'tgan.

Bundan 2,5 yil oldin, Tog'amni ayollari farzand asrab olishlarini aytdilar. O'zlarining 3 ta farzandi bor 2 o'g'il 1 qiz. Ammo baribir o'sha qizni asrab olishni xoxladilar. Keyinchalik u qizni uylariga olib kelishdi. Ismi Sabina juda xam chiroyli va nozikkina qizcha. Uni onasi xaqidagi xikoyani esa juda xam siqilib aytib berdila. Xorazmlik qiz ekan aslida, O'qishga kelgan va o'z domlasi bilan sevishib, oqibati Farzandli bo'lishgan. Farzandini rus Enaga ayol qaragan ekan.Keyin esa u qiz o'z farzandini sotishga xarakat qilgan, Qizchaning baxtiga tog'amni ayollari duch kelgan, Va 800$ ga qizni sotib oldi... Va boshqa joyga ko'chib ketdi. 1,5 yoshli Sabina Avvaliga ko'nika olmadi. Mana xozir u 4 yoshga to'ldi, Juda xam aqlli yaxshi qiz bo'lgan, Yaqinda onasi bilan Moskvaga kelishdi ish yuzasidan. Xammamiz Tog'amning kotta o'g'lining Qizi Marjonani Tug'ruqxonadan Limuzinda chiqgan diskini tomosha qilib o'tirgandik, Bir payt Sabina Onasini oldiga kelib, ((MAMAJON MANIYAM SHUNAQA LIMUZINDA OLIB CHIQGANSIZA CHAQALOQLIGIMDA)) dedi shirin ovoz bilan.. Xamma yarq etib unga qaradik.. Qanday qilib norasida go'dakni sotish mumkin...

Yana bir voqea, Namanganlik ayol, 4 farzandli ekan, 5 farzandi dunyoga kelgach u xam o'z farzandini sotishni lozim topgan, nochorlik bunga sabab bo'lgan. U 10 kunlik chaqaloqni Kelinoyimni 40 yoshli opalari oldilar, Manimcha u ayolga xam 500-800$ bergan bo'lsalar kerak..Xozir bu bola xam 3 yoshdan oshdi, Ismi Otabek, juda xam shirin bola bo'lgan...

Aytishadi-ku Farzand bergan Alloh rizqini xam qo'shib beradi deb. Nega aynan o'z jigarbandini sotmog'i lozim??.. Bu narsa mani juda ko'p o'ylantiradi... Ammo kelajakda shu ikki bola xam katta bo'ladi, o'zlarining xaqiqiy ota onasi boshqa ekanligini bilib qolsa ularga qanchalik qattiq ta'sir ko'rsatadi... Alloh shu kabi insonlarga o'zi insof bersin omin... Alloh o'zi barchamizni xaq yo'lidan boshlasin omin..
Aziz saytdosh bu boradagi fikrlaringizni kutib qolaman.
Категория: Savol/Javob | Просмотров: 959 | Добавил: SuperBoy
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]