Главная » 2011 » Май » 5 » Ostonangga kelar sovchi...
13:57
Ostonangga kelar sovchi...


Assalamu alaykum va rohmatullohi va barakotuh Aziz dindoshim... Bugun sizlarga yoritib bermoqchi bo'lgan mavzuim juda dolzarb mavzu desam adashmagan bo'laman...
Qiz bolaning bo'yi yetsa ya'ni yoshi 18 dan o'tsa albatta ostonaga begona ayollar, ya'ni sovchilar kela boshlaydi.. Xo'sh bugungi kun qizlari Sovchi kelishiga tayyormi??? Tayyormi deganimga xayron bo'lmang. Kelgan sovchi albatta ostonaga qaraydi, ostona toza bo'lsa bu qiz bolaning sha'ni va obro'si. Agar aksi bo'lsa-chi.?.. Aksi albatta ota-onaning va qizning sha'niga dog' tushuradi. Kelgan sovchilar albatta ostona xatlab kirmay ortiga qaytadilar. Xo'sh aziz singiljon, Uyingizga sovchi kelsa-yu sizning ostonangiz toza bo'lmasa, bu sizning sha'ningizga dog' bo'lishi mumkinligini o'ylab ko'rdingizmi?.. ko'p qavatli uylarda yashovchi singillarimiz xam yo'q emas, Xovli bo'lmasada eshikdan kirilgan joy bu ostona.. Shunday ekan, Sovchilarning etibori ostonada...
Yana bir mavzu... Mani jiyanim bor ismi ....... Buvijonim unga doimo ( Qizim erta turib xovli va ko'chalarni toza supurib qo'ygin, bo'ying yetib qoldi sovchi kelsa birinchi ostonangga qaraydi, deydilar...) bu shaddod jiyanimning javobini eshitib yoqa ushladim... ( Sovchilar faqat sevgan yigitimdan kelishini eshitsam xammayoqni tozalab qo'yaman, boshqa sovchilarni toza bo'lib kutmiman. debdi.) Aziz saytdosh bu qiz bola sha'ni uchun qanchalik uyat ekanligini bilsangiz kerak..Aziz saytdosh fikralringizni kutib qolaman. Mani jiyanim kabi fikrlovchi qizlar bo'lsa ularga bu maqolam ibrat bo'ladi degan umiddaman..

Категория: Har-Xil | Просмотров: 604 | Добавил: JANOB_XECHKIM
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]