Главная » 2011 » Ноябрь » 23 » O`ZINGIZNI O`ZINGIZ ASRANG!
03:10
O`ZINGIZNI O`ZINGIZ ASRANG!






Taniqli sayyoh Xristofor Kolumb Markaziy Amerikadan Еvropaga bir o`simlik olib keladi. Hamda mahalliy aholiga uning bargini naycha qilib o`ragan holda chekishni o`rgatadi. Afsuski, o`shanda bu ish insoniyat boshiga kashandalik illatini boshlab kelgan edi. Keyinchalik o`simlik Shved tabiatshunosi Karl Linney tomonidan honakilashtirildi va olim Jan Niko sharafiga undan olinadigan modda "nikotin”, deb atala boshlandi. Ha, Kolumb adashdi va uning xatosi insoniyat uchun qimmatga tushdi. Oradan asrlar o`tib, tasavvurga sig`maydigan ixtirolarni yaratgan odamzod ongi bu xatoni to`g`irlashga, illatni tag-tomiri bilan yulib tashlashga ojizlik qilayapti. Oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramay kashandalik illati tobora ildiz otib borayotgani rost gap. Hattoki, bu illat bugungi kunga kelib kattalar bilan bir qatorda opa-singillarimizni, jajji ukalarimizni ham o`z domiga torta boshladi. Shu boisdan, mavzuga takror qaytib, illat hususida yana bir bor to`talishni lozim topdim.

Aniqlanishicha, nikotin tutuni tarkibida oltingugurt, ammiak, azot, is gazi, turli efir moylari, sirka va valeriana kislotalari, shuningdek, inson organizmi uchun o`ta zararli bo`lgan boshqa ko`plab moddalar mavjud. Ushbu moddalar inson organizmida salomatlik uchun havfli bo`lgan 35 turdan ortiq kasalliklarni keltirib chiqaradi. Shulardan biri sil kasalligi hisoblanib, chekuvchilarning aksariyati bu dardga chalinadi. Ma`lumotlarga ko`ra, silga duchor bo`lgan bemorlarning 95 % (foizi) kashandalar ekan. Sil kasalligi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini esa siz yaxshi bilasiz, albatta. Bundan tashqari, doimiy yo`tal ta`sirida o`pka devorlari kengayib, yoriladi va bir-biriga qo`shilib ketishi natijasida o`pka emfizemasi kasalligi paydo bo`ladi. Bu dardga chalinganlarning ham 80 foizini chekuvchilar tashkil etishi olimlar tomonidan isbotlangan. Eng achinarlisi, xar yili dunyo bo`ylab 5 million nafardan ortiq inson bevosita sigaret bilan aloqador bo`lgan kasalliklar natijasida vafot etarkan.

Kashandalik shunday mudhish oqibatlarga olib kelar ekan, nega endi mehnat qilib topgan pulimizni ezgu ishlarga, sog`lom turmush tarzimiz uchun lozim bo`lgan narsalarga emas, aynan shu illatga sarflashimiz kerak! Yuqoridagi singari zararli moddalar bilan ham o`zimizni, ham yonimizdagilarni zaxarlashga haqqimiz bormikin?

Kashandalikni yo`q qilish uchun nima qilish zarur, degan savol ko`pchilikda tug`ilishi tabiiy. Bu uchun har bir insonda e`tibor va xafsala bo`lishi lozim. Daraxt ildizi bilan ona zamindan kuch olgani singari har bir illatning urchishi uchun unga quvvat beruvchi omillar mavjud. Ushbu maqolani yozish natijada shunday hulosaga keldim: Kashandalikning ildiz otishiga sabab bo`layotgan omillardan biri pistachi xolalardir. Bu fikrimizga hech ajablanmang. Ularning aksariyati savdo yaxshi bo`lishi uchun odam gavjum joylarda, jumladan, bozor, bekat, institut va kasb-hunar kollejlari, hattoki, umumiy o`rta ta`lim maktablari oldida "qo`nim” topishgan. Eng achinarlisi, ular o`zlarining farzand-u nevaralari tenggi, endigina 10-15 yoshga kirgan navnihollarga ham hech ikkilanmasdan sigareta sotishayapti. Qiziq, ular bola cho`ntagidagi 4-5 so`m pulni millat kelajagidan ustun qo`yishayaptimikin?! Nahotki, mamlakatimizda bolalar sportiga, yoshlarga katta e`tibor qaratilayotgan bir paytda ular bu jarayonlarga bee`tibor tarzda o`zlari bilib-bilmay kashandalikni targ`ib qilishsa? Ushbu savollar bilan ularning fikrini o`rganishga harakat qildim. Universitetimiz yonida "faoliyat” olib borayotgan opa so`rovlarimga shunday javob qildi:

- Qaysidir bola dadam yubordi, boshqa biri akam yubordi, deb harid qiladi. O`zing chekasanmi, deb ularning har biridan so`rab o`tirmayman-ku! Qolaversa, avvalo gap oiladagi tarbiyaga bog`liq. Mana, mening ham o`g`lim bor. Chekish tugul qo`liga tutishiga yo`l qo`ymayman. Buning ustiga u bunaqa narsalarga qiziqmaydi. Hammasi yoshlarning o`ziga bog`liq. Men shuni bir chekib ko`ring, deb ko`chadan o`tganning qo`liga sigaret tutqazayotganim yo`q, so`raganiga berayapman holos.

Yana bir xola esa "Nima, menga ho`jayinmisan?! Otang kelsa ham, onang kelsa ham sotaman!”, deya urishib berishdan nariga o`tmadi. Yo`q, men bu bilan kimningdir yuziga loy chaplash niyatidan yiroqman. Faqat, O`zbekiston umumiy uyimiz ekan, har bir yoshni o`z bolamiz, millat ertasini esa farzandimiz kelajagi, deya tushunib, nega har - hil illatlarga qarshi yakdillik bilan kurashmaymiz? Bu befarqlik, loqaydlik aslida. Qonuniy jixatni e`tiborga olganda, pistachi holalarning hech birida tamaki maxsulotlarini sotish uchun ruxsatnoma yo`q. Bundan tashqari, necha kunlab turib qolgan saqich maxsulotlari va shirinliklarning iste`molga yaroqli ekanligiga kim kafolat beradi?! Afsuski, bu holat yurtimizning juda ko`p javhalarida uchraydi.

Har qanday illat va qabig`lik beparvolikdan, loqaydlikdan kelib chiqadi. Shuning uchun millat kelajagiga dahldor bo`lgan masalalarda ota-ona, opa va aka, umuman, shu jamiyatning bir a`zosi, shu millatning bir vakili sifatida beparvolik qilishga hech birimizning haqqimiz yo`q. Bu masala ham tez orada mutasaddi shaxslar tomonidan ko`rib chiqilib, o`z yechimini topadi degan umiddaman.

Hulas, o`zingizni o`zingiz asramasangiz pistachi xolalarga joningizni also keragi yoq…

Firuz Xalilov




НЕГА ЎЗ УМРИНГНИ ЎЗИНГ ХАЗОН ҚИЛИШИНГ КЕРАК? ҲАТТО ЧЕКАЁТГАН СИГАРЕТИНГ ТУТУТИНИГА БОҚСАНГ ҲАМ ШУ САВОЛНИ БЕРАДИ! ЎЙЛАБ КЎР!
Категория: Har-Xil | Просмотров: 740 | Добавил: JANOB_XECHKIM
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]