Главная » 2011 » Май » 18 » Muhabbat chin bo'lsa, ko'rsatsin kuchin...!
03:00
Muhabbat chin bo'lsa, ko'rsatsin kuchin...!

Muhabbat chin bo'lsa, ko'rsatsin kuchin,

Ayt, jonim, sen meni aldading nechun?
 Sen menga xiyonat qilganing uchun, 
Men sendan umidim uzdim, sevgilim!

Mening sevgimga zavqlanib kulding,
Sevmasang, ayt, nechun qo'lingni berding,
Umid qilma mendan ...jon, deding,
Mayli umidimni uzdim, sevgilim!

Sevgidan gapirsam, kungling qoladi,
Ilk muhabbat o'tkinchi havas bo'ladi,
Keyingi sevgi ham unutiladi,
Sendan umidimni uzdim, sevgilim!

Men ilk muhabbatim unutgan kabi
Seni ham unutarman hayotda balki.
Unut bo'lar insonga omadsiz sevgi,
Men sendan umidim uzdim, sevgilim.

Sevib bilarmikan o'zgani desam,
Hali hayot oldinda, sevasan, deding.
Mayli, jonim, sen shuni xohlasang agar,
Sendan umidimni uzdim, sevgilim!

Meni buncha baxtsiz qilsa ham, yo rabb,
Kecha kunduz yolg'iz ollohdan so'rab,
Men senga chin dildan buyuk baxt tilab,
Sendan umidimni uzdim, sevgilim!

Olloh nega meni buncha qiynadi,
Yorning yuragiga sevgi bermadi,
.........ga muhabbat nasib qilmadi,
Men sendan umidim uzdim sevgilim
Категория: She'rlar/Verses | Просмотров: 1222 | Добавил: Oyimtila_Honimcha
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]