Главная » 2011 » Ноябрь » 8 » Kelinchak. (Juda qiziq xikoya )
18:43
Kelinchak. (Juda qiziq xikoya )



Qizni olib dugonasi shoshmay tursin, yor-yoray, shoshmay tursin...
— Kuyov keldi, kuyov keldi!
Doira chalib "Yor-yor” aytayotgan qizning qo'shig'i chala qoldi. Qizlar qiy-chuv qilishib, o'zlarini eshikka urishdi. Hammalari kuyovni ko'rishga oshiqdilar.
— Vuy-y...
— Bo'yining uzunligini...
— Kostyumining chiroyliligini...
— Bo'yinbog'iga qara!
— Kiroyi kuyoving bo'lsa shunday bo'lsa-da...
— Bo'ldi qilinglar, uyalmaysizlarmi? — dedi doira chalgan qiz. — Oysha eshitsa nima deydi?
Qizlar kelgan kuyov dugonalarining qallig'i ekanligi endi eslariga tushgandek xijolat bo'lib lab tishlashdi va chetga chiqib, kuyov va uning ikki navkarini to'rga, chimildiq tomonga o'tkazib yuborishdi.
Kuyovnavkarlar birpasdan so'ng kuyovning bir o'zini chimildiqda qoldirib, momolar tutgan tovoqqa ataganlarini tashlab, chiqib ketdilar.
— Hay, qaqajonlar, kuyov hammangning hushingni oldimi, deyman? — dedi momo qizlarga. — Borib kelinposhshani olib kelmaysizlarmi?
— Voy, esimiz qursin! — qizlar shovqin bilan Oysha "berkitilgan” uyga, uning sirdoshi Fotimanikiga yugurishdi.
— Jim! — lablariga barmoq bosdi Fotima to'polon bilan kirib borgan qizlarga. — Oysha namoz o'qiyapti.
— Qanaqa namoz? — hayron bo'ldi qizlar. — Shu bugun-a?
— Qanaqa namoz bo'lardi, Shom namozini o'qiyapti, — dedi Fotima. — Xalaqit bermay turinglar!
Qizlar jim bo'lishdi. Hammalari oyoq uchida dahlizga kirishib, ochiq turgan eshikdan ichkarida namoz o'qiyotgan dugonalarini havas va hayrat bilan kuzatishdi.
— Oysha namoz o'qishini bilmas ekanmiz, — pichirladi bir qiz.
— Voy, kiyimlarining yarashganini qaranglar! — dedi boshqasi.
Uy to'rida o'zi tikkan joynamoz ustida namoz o'qiyotgan Oyshaga adras kuylagu lozimi, baxmal kamzuli, iyagi ostidan tang'ib olgan oppoq harir ro'moli haqiqatdan yarashib turar, bu liboslar uni yanada jozibali ko'rsatar edi.
— Ana shu kiyimlarida ketmoqchi kuyovnikiga, bunisiga nima deysizlar? — pichirladi Fotima.
— Yo'g'-e! — qizlar hayrat bilan Fotimaga tikilishdi.
— Ha, bu uning qat'iy qarori, nikoh kuylagi olib kelgani ham yo'q. "Unaqa kuylakni ikki dunyoda ham kiymayman”, dedi, — pichirladi Fotima. — Jim, namoziga xalaqit bermaylik!
Oyshaning pichirlab oyat o'qishlari, o'ta malohat bilan ohista ruku' va sajdalarga borishlari qizlarni sehrlab qo'ydi.
— Fa bi ayyi alai robbikumaa tu kazzibaan...*

***

Kelinni kutib anchagina muddat yolg'iz qolgan kuyovning na kelindan, na uning dugonalaridan darak bo'lavermagach, toqati toq bo'ldi.
— Men endi shundoq turaveramanmi, aytilmagan gadoyga o'xshab? — dedi u ovozini ko'tarib chimildiq ortidagilarga qarab.
— Buncha betoqatsiz, kuyov, — dedi bir ayol kulib. — Chidaysiz-da, endi, aylanay. Qiz bolaning nozi bo'ladi. Pardoz-andozi bo'ladi. Besabr bo'lmang, o'rgulay!
To'lqin yana "bir soat” kutdi. Kelindan darak bo'lmadi.
— Hoy, biror tirik jon bormi? Bu erga nimaga keldik o'zi? — dedi yana To'lqin. — Kelin kelmaydigan bo'lsa jo'ralarimni chaqiringlar, "Durak” o'ynab turaylik!
— Men shashka o'ynashni bilaman, o'ynaysizmi? — dedi boyagi ayol. — Erim bilan o'ynab turamiz, yutqizgan o'ptiradi.
Ayollar gurillab kulib yuborishdi.
To'lqin jahl qilib chimildiqni surib tashladi va tashqariga chiqib ketdi.
— Qani, kelinposhsha qaerda? — dedi u unga peshvoz chiqqan jo'ralariga tishlari orasidan so'zlanib.
— Og'irroq bo'l, og'irroq, — dedi bilagidan mahkam siqib ushlab, uni chetroqqa tortgan tog'asi Ibrohim aka. — Senga Xudo beribdi, jiyan. Kelin namozxon ekan, qo'shnining uyida namoz o'qiyapti ekan.
To'lqin tog'asiga biroz hayron bo'lib qarab turdi-yu, tog'asi ko'rsatgan uyga qarab yurdi. "Biror ishkal qilmasin”, degan tog'asi ham unga qo'shildi.
— "Soliha xotin diningizning yarmi, qolgan yarmiga o'zingiz harakat qiling”, deganlar Payg'ambarimiz alayhissalom, — dedi Ibrohim aka jiyanining yonida borarkan. — Kelin tanlashda adashmabsan, jiyan, endi bu yog'iga shu kelinga munosib bo'l!
— Men nima qilishim kerak ekan? — dedi To'lqin tog'asiga ajablanib qarab.
— Namozni o'rganib olishing kerak, jiyan. Kelin namozxon ekan, uyingga borgandan keyin namoz payti kirganda u joynamozga o'tsa-yu, sen bir chetda burgutga o'xshab hurpayib o'tirsang yarashmaydi-da, jiyan. Bitta gapni aytaymi? Aslida nikoh musulmon odamga buyurilgan, nikoh iymonli kishilar o'rtasida o'qiladi.
— Yo'g'-e, — ishonqiramadi To'lqin. — Menga nikoh o'qilmaydimi?
— Senga o'qilaveradi, sendan boshqalarga ham o'qilaveradi, jiyan, boshqa ilojimiz yo'q. Benikoh er-xotin bo'lishmasin, haromi bolalar ko'payib ketmasin, deb mullalar nikoh o'qiyverishadi, ammo bu nikoh Alloh taoloning dargohida qabul bo'ladimi yo'qmi hech kim bilmaydi, jiyanim.
Oysha bor uyga kirib kelishdi.
Qizlar jim-jimgina o'zlarini chetga olishdi. To'lqin Oysha namoz o'qiyotgan uyga kirdi-yu, Oyshaning ovoz chiqarib duo qilayotganini ko'rib to'xtadi. Tog'asi darhol o'tirib duoga qo'l ochganini ko'rib, ohista gilamga cho'kkalladi.
— Parvardigorim, O'zingdan o'zga mehribonim yo'q, O'zingdan so'rayman, men bugun kelin bo'lib borayotgan xonadonni xayrli, barakotli qilgin! — duo qilardi ko'zida yosh bilan Oysha. — Men ularni yaxshi bilmayman, ammo qaynotamning ham, qaynonamning ham, Sen menga munosib ko'rgan jufti halolimning ham iymon-e'tiqodli, insofli kishilar bo'lishidan umidvorman. "Har biringizga niyatingizga yarasha jufti halolni beraman”, deb va'da qilgansan, va'dasiga vafodor Zotsan, menga munosib ko'rganing jufti halolimni ham iymonli, taqvodor, parhezgar qilgin! Orzu qilganimday xoja berib, undan orzu qilganimday farzandlar bergin, toki ular Senga, dinimizga xizmat qilsin! Imom Buxoriyday, Imom Termiziyday, Hazrat Navoiyday, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufday farzandlarni bergin! Ana shunday farzandlarga ona bo'lishimni nasib qil! Jufti halolimning ham ana shunday farzandlarga ota bo'lishini nasib qil! Boshqasiga rozi emasman, Allohim! Qalbida ana shunday niyatlari bo'lmagan erga duchor qilganingdan ko'ra chimildiqqa etmay jonimni ol!
To'lqinning a'zoyi badani jimirlab ketdi. Ikki qo'lining bilaklaridan chumolilar galasi yurib o'tgandek bo'ldi. Qalbidan o'tgan fikrlardan miyasi qizib ketdi. To'lqin shartta o'rnidan turib, tashqariga yo'l oldi.
To'lqin to'y bo'layotgan uyga qayrilmay mashinalar turgan erga bordi. Uni ko'rib, nima bo'ldi ekan deb, yoniga kelgan yigitlarga buyurdi:
— Akromni chaqiringlar!
"Mersedes”ning egasi bo'lgan To'lqinning o'rtog'i Akrom kelib so'radi:
— Tinchlikmi kuyov bola, biror joyga borib keladigan bo'lib qoldikmi?
— Moshinangni yurgiz!
— Xo'p, o'rtoq, do'g'lamasdan gapirsang ham yurgizaman!
— Kechir, do'stim, xayolim o'zimdamas, — dedi To'lqin.
To'lqinning mashinaga o'tirib ketayotganini ko'rib, uning ortidan etib kelgan Ibrohim aka so'radi:
— Nima bo'ldi, jiyan, to'yxonadagilarga nima deyin?
— Tog'a, hammalaridan kechirim so'rab qo'ying! Men sal shoshilgan ekanman. Men... mening bu turishimda to'y bo'lmas ekan, tog'a. Men... men hali to'yga tayyor emas ekanman, — dedi To'lqin va mashina yurib ketar ekan, oynadan bosh chiqarib dedi: — To'y kunini boshqatdan belgilaymiz, tog'a, keliningizga aytib qo'ying!To'lqin маshinasidan ko'chani кuzatar ekan o'z o'y-xayollarigа cho'mgandi. K'oz оldidan duоgа qo'llarini ko'targan Oysha ketmasdi. Uning оvozi esa quloqlarida jaranglardi.
"Menga мunosib ko'rganing juftu halolimni xam iymonli, taqvodor, parxezgar qilgin! Boshqasiga rozi emasman, Allohim, qalbida ana shunday niyatlari bo'lmagan erga duchor qilganingdan ko'ra chimildiqqa etmay jonimni ol...” bu аytilgan so'zlardagi qat'iyat To'lqinni qo'rqitib yuborgandi.
Moshina uyga yaqinlashdi.
- Kelinni olib kelishdi, - bir zumda uyni qiy-chuv bosdi. Каrnay-surnaylar ishga tushdi. Xamma orziqib kutilgan kelinni ko'rish ishtiyoqida xamma mashina tomon yugirdi. Ammo kutilgan kelin o'rniga shuppayib To'lqinning o'zi tushdi. Endi u uyalmay qilgan ishiga pushaymon edi. Oyshaning so'zlaridan ta'sirlanibdiyu, аmmо kelinni kutib turgan оta-оnasigа niма deyish mumkinliginи o'ylamagan ekan. Ха, mayli bo'lar ish bo'ldi, endi bir amallab ularga tushuntirish kerak.
- Ha, bolаm кеlin qani? – dedi ungа peshvoz chiqqan onasi. Onasining sarosimaga tushib qolganini ko'rgan To'lqin unga raxmi kelib ketdi.
- Dadam qanilar? Bir narsani ular bilan maslaxatlashib olishim kerak.

Oysha duosini tugatib o'rnidan qo'zgalganidа, kiyov кetib bo'lgandi. Dugonalari unga хаm xayrat хам rахм bilan qarashardi. Ammо nimа bo'lganini tushuntirib aytishga xech birini tili bormasdi.
- Kiyov kelibdimi? – dedi Oysha, ularning pichir-pichirlarigа e'tibor bermay.
- Bilasanmi Oysha… - sekingina qo'lidan ushladi bir dugonasi, аmmо qancha urinmasin gapirolmadi.
- Kiyov sening Namoz o'qiyotganingni ko'rib ketib qoldi, - dedi oxiri bir dugonasi.
- ...ketib qoldi, Namoz o'qiyotganimni ko'rib... – oyoqlari chalkashib ketdi Oyshaning. Yonidа turgan Fotima sekingina bilajlaridan tutib uni kursiga o'tirgizdi.
- Balki biron narsasi esidan chiqqandur, - gujjillashib gapga tuwib ketdi dugonalar.
Oysha esa ularning gaplarini eshitmasdi. Hayolida "naxotki, faqat Namoz o'qiganim uchun bo'lsa...” derdi. Biroz Davom etgan bu shubxalardan so'ng u birdaniga o'rnidan turdi-da:
- Taqdirimda nima bo'lsa shuni ko'raman. Demak Robbim shuni menga ixtiyor qilibdimi, Uning izmiga bo'y sunaman, - deya, o'z uyi tomon ildam odimladi.
Qizlar esa uning ortidan xanggu-mang bo'lib qolishdi. Uyiga kirganda songgida gap nimada ekanligini aytishdi. To'lqin uning duolarini eshitganu, chiqib ketgan. Yana to'yni umuman qoldirmagan balki kechiktirgan. Oyisi u bilan kiyovning togasi gaplashib olmoqchi ekanligini aytdi- nima qilaylik, kirsinmi? – dedi oyisi.
- Albatta, oyijon, faqat siz хам yonimdа turing.
Togani chaqirishdi.
- Assalomu Aleykum qizim. Alloh uyingizga barakotlar bersin. Endi qizim jiyanimiz menimcha biroz shoshib qolibdilar. SHuning uchun uning nomidan uzrni men etkazay. Duolaringizni eshitib boshqacha bo'lib ketdi. To'yni biroz kechiktiring, iltimos dedi. Bu erda bizning aybimiz xam bor. Farzandlarimizga Dinu-Diyonatni o'rgatmaganmiz. Lekin sizni Namozdabizga biroz fursat bersangiz, Allohdan xayrlisini so'rab qolamiz. Boshqa ilojimiz хаm yo'q. Uzr qizim.
Uning so'zlaridagi samimiylik Oyshaning bexuzur bo'lgan konglini biroz tinchitdi. Albatta bu ish maxalla-kuyda shov-shuv bo'lishi aniq, lekin to'yni qoldirishdan boshqa ilojlari хаm yo'q.
-Sizlar nima istasangiz shu, - dedi sekingina Oysha xam.
- Baraka toping qizim.

Oradan bir necha oy o'tdi, Maxallada duv-duv gaplar хаm sekin asta tina boshladi. Ikki Taraf хаm yangitdan to'y kunini belgilashdi. To'y kuni хаm keldi.
Yana o'sha bizga tanish qizlar, kiyovnavkarlar,faqat endi xammalari ayri ayri xonadalar. Domla kiyovga nasixat qilmoqda.
- Mana endi birodar, siz Paygambarimizning bir sunnatlariga amal qilib oila qurmoqdasiz. Alloh barakotli qilsin. Kelinimizga endi siz tan maxram, ularning suyangan togi bo'lasiz. Endi siz ularga mas'ulsiz. Qani endi nikoxni o'qib yuboramizmi?
- Ха, albatta, Alhamdulillah, - deydi To'lqin toza ko'ngil bilan. CHunki endi u o'zining Musilmon ekanligiga shubxasi yoq.
- Абдурахмон кизи Оиша сиз Иброхим угли Тулкинжонга тан махрамликка утишга розимисиз? Домла учинчи марта сураганда, Оиша секингина "Ха” деди.
Домла Тулкиндан хам суради. Тасдик жавоб олгач, никох укиб булгач уларга бахту-саодат тилади. Куёв уйида келинни карнай-сурнай овози эмас, Расуллулох с.а.в. га айтилган саловотлар овози кутиб олди. Оиша бенихоят хурсанд эди. Аллох унга кутилмаганда берган имтихонидан утган, бахтли бир хаётга кадам куйганди.
Чимилдикка кирган куёв:
- Оиша, оиламиз учун бахт-саодат сураб икки ракааът намоз укиб олайлик, нима дедингиз?
- Албатта, деди секингина уялиб.
Тулкин ортидан иктидо килиб намоз укиётган кизни унга лойик курган Роббига куп шукроналар айтди. Уша туй куни килинган дуолар унинг калбидага хидоят эшигини очганди. У эндигина пайгамбаримиз с.а.в.нинг "Диёнатли аёлга уйланинг» деган угитларининг асл маъносини тушуниб турарди. Бугунги укилаётган дуоларга икки жуфт кул само сари кутарилди.

-Abdurahmon qizi Oysha siz Ibrohim o'gli To'lqinjonga tan mahramlikka o'tishga rozimisiz? Domla uchinchi marta so'raganda,Oysha sekingina Ha dedi.
Domla To'lkindan ham suradi. Tasdiq javob olgach, nikoh o'kib bo'lgach ularga bahtu-saodat tiladi. Kuyov uyida kelinni karnay-surnay ovozi emas, Rasulluloh
s.a.v. ga aytilgan salovatlar ovozi kutib oldi. Oysha benihoyat hursand edi. Alloh unga kutilmaganda bergan imtihonidan o'tgan bahtli bir xayotga qadam quygandi.
Chimildiqqa kirgan kuyov:
- Oysha, oilamiz uchun baht-saodat surab ikki raka`t namoz o'qib olaylik, nima dedingiz?
- Albatta, dedi sekingina uyalib.
To'lqin ortidan iqtido qilib Namoz o'qiyotgan qizni unga loyiq kurgan Robbiga kup shukronalar aytdi. O'sha to'y kuni qilingan duolar uning qalbidaga hidoyat eshigini ochgandi.
U endigina Paygambarimiz s.a.v.ning Diyonatli ayolga uylaning»degan o'gitlarining asl ma`nosini tushunib turardi. Bugungi o'qilayotgan duolarga ikki juft qo'l samo sari ko'tariladi.
Alloh rozi bo'lsin!Wunaqa odamlarga yo'ldow qilsin xammamizni! Rasullilloh (s a v) xadislariga beparvo kunlarimizni amal daftarimizdan ochirsin Amiyn!
Прикрепления: Картинка 1
Категория: Islamic | Просмотров: 2835 | Добавил: XORAZM-1991
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]