Главная » 2011 » Октябрь » 12 » Judo etma Joynamozimdan!!!
07:21
Judo etma Joynamozimdan!!!



Judo etma joynamozimdan 
Qiblaga payondozimdan 
Jonim bilan chiqar bilsang 
Ayirma joynamozimdan 

Yurak sajda bilan tirik 
Ibodatda yo'qdir hadik 
Tunlarimga tanho sherik 
Ayirma joynamozimdan 

Yoshim artar yig'laganda 
To'shagimdir uxlaganda 
G'amdoshimdir xoxlaganda 
Ayirma joynamozimdan 

Onamga ham aytmas so'zim 
Tunlar unga aytdim o'zim 
O'yib olgin mayli ko'zim 
Ayirma joynamozimdan 

Haddan ortiq bo'lsa ham keng 
Xorazm bog'lariga teng 
Bu judolik o'limga teng 
Ayirma joynamozimdan 

Sodir etib dastlab xato 
Sajda qilmish Odam Ato 
Balki senga oddiy mato 
Ayirma joynamozimdan 

Majnun uchun go'yo Layli 
Qalb huzurda navo zayli 
Kafandan et judo mayli 
Ayirma joynamozimdan 

Qalb uyiga yo'lay ko'rma 
Narxi og'ir to'lay ko'rma 
Borim shu ko'z olaytirma Judo etma Joynamozimdan!!!
Прикрепления: Картинка 1
Категория: Islamic | Просмотров: 699 | Добавил: XORAZM-1991
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]