Главная » 2011 » Август » 30 » IYD Ramazon Hayiti muborak bo'lsin!
14:42
IYD Ramazon Hayiti muborak bo'lsin!
IYD Ramazon Hayiti muborak bo'lsin!

Assalomu Alaykum barcha Musulmon yurtdoshlar!Barcha Ijodiy jamoamiz nomidan siz azizlarni, ushbu Musulmon ahlining Ulug' ayyomi bo'lmish kirib kelayotgan Muborak IYD RAMAZON HAYITI bilan chin dildan qutlab qolamiz!Olamlarni Robbisi bo'lgan Parvardigorimiz barchamizni ushbu qilayotgan va qilingan ibodatlarimizni o`z dargohida qabul va maqbul aylab, duolarimizni mustajob qilsin! Ushbu Ulug` kunlarda nimai-ki yaxshi va holisona niyat qilgan bo`lsangiz, barchasi ro`yobga chiqishini yaratgan Tangrimizdan so'rab qolamiz! OMIYN!Bir-birlaringizni shunday ulug' Bayram bilan tabriklab, bir-birlarimizni dillarimizni og'ritmasdan, oralar buzilgan bo'lsa o'zaro oralardagi munosabatlarni iliqlashtirib, qalblarni yaqinlashtirib, kechirimli bo'lib, zakotlarni berib, DUOda bo'lishingizni istar edikYana shunday Ulug' kunlarda siz Azizlar bilan birga bo'lishlikni ALLOH ta'alo nasibu-ro'zi aylasin!YANA BIR-BORA AYYOM MUBORAK!!!




Kelishi sevinch olib kelgandi.. Ketishi hammani hayajonlantiryabdi..... Kimidir ko'zida yosh kimidir, ko'ngli gash... Biz uchun eng katta ne'mat edi bu oy.. Allohning rahmati edi bu bizlarga... Biz bu oyda unga yaqin bo'lganimizdek boshqa oylarda yaqin bo'lolmasdik.. tavba qilishimizga eng qulay vaqt edi, gunohlarimizdan halos bo'lishga imtiyoz berilgan mag'firat oyi edi.. Jahannamdan butkul ozod bo'lishimizga kafil, jannatga ochilgan eshik edi bu oy.. Robbimizning roziligiga, jamoliga erishishimizga qulay imkoniyat bor edi... Shuning uchun ramazon kelarkan uni sevinch ko'zyoshlari bilan kutib olgandik.. Lekin nega bugun hamma ramazon muncha tez o'tib ketdi deya norozilarcha majbur uni kuzatyabdi.. Nahot bizning gunohlarimiz shunchalar kop bolsa.. nahot bir oy tavba qilishimizga yetmagan bo'lsa.. bir oyeeee. Yoq!!! Allohga astoydil tavba qilinsa aslida bir kun ham kifoya qiladi.. Alloh rahmli magfiratli zotku biz bunga ishonamizku... manimcha bizni qiynayotgan, ko'zimizni yosh qilayotgan narsa boshqa tuygu, boshqacha savollar... Tavbalarimiz qabul boldimi? Biz ramazondan unumli foydalanib oldikmi? Rahmat kunlari Allohning rahmatiga erishib, magfiratida gunohlarimizdan qutulib, jahannamidan ozod bo'voldikmi? Alloh bu kunlarni bizga imtiyoz qilib beribdi, biz bu imtiyozdan yaxshi foydalanib uning roziligiga erishadigan darajada bo'loldikmi degan savollar insonni qiynasa kerak... Ertaga qiyomat kunida haqiqiy mo'min Allohnining ramazon haqidagi so'rovidan qo'rqadi.. "Ey bandam man sanga ramazondek katta ne'matimni berdim, sen nima qilolding.. u oyda mani roziligimga erishsang bo'lardiku" deganda kim bu savolga qanday javob bera oladi.. Hozir birovni aldashimiz yoki uzimizga taskin berishimiz hatto uzimizni aldashimiz mumkin.. Lekin u paytda qalblarni ham biluvchi zotni aldashni imkoni bo'lmasa, nima ham qila olamiz... Mo'minlar shundan qo'rqyabdi.. Biz bu ramazonda nima qiloldik.. Tavbalarimizni Alloh qabul qildimi? Uning rozilgiga erisholdikmi?- degan savollar qiynayabdi bizlarni.. Shuning uchun mo'minlar ramazonni tugamasligini hohlayabdi.. Aslida ramazonni tugashi, u bilan hayrlashish dahshatli emas.. Ramazonni yana o'sha gunohlar, qabul bo'lmagan ibodatu tavbalar bilan tugatish dahshatli... Ramazonga kirganda qandoq bo'linsa chiqvotganda yana o'shandoq chiqish daxshatli... Bu oyda Parvardigorning roziligiga erishmasdan chiqish daxshatli... Bu oyda jannatga kirmasdan chiqish daxshatli... Bu oyda jahannamdan qutulib olmaslik daxshatlik.. bu o'ylar mo'min odamni yiglatadi, yuragini siqadi chunki u hali natijani bilmaydi. Faqat Allohdan roziligini umid qiladi yig'lab u dahshatlardan panoh so'raydi..





Ilohim Alloh barcha mo'min musulmonlarni tavbalarini, ro'zalarini, namozlarini va bu oyda qilgan barcha ibodatlarini qabul qilgan bo'lsin.. Bugungi ramazon bilan vidolashish ko'zyoshlarini qiyomatda JANNAT mujdasi ila mukofotlasin... AMIYN
Категория: Islamic | Просмотров: 584 | Добавил: SuperBoy
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]