Главная » 2011 » Июль » 6 » “ISHONCH” FILMINI KUZATIB...
19:40
“ISHONCH” FILMINI KUZATIB...



Yoz mavsumi boshlanganiga qaramay kinofilmlar taqdimotlari to’xtamayapti. O’tgan haftalarda tomoshabinga havola etilgan filmlardan biri bu klipmeyker Mansur Sulaymonovning "Ishonch” nomli debyut kartinasi bo`ldi. Do’stlar o’rtasidagi ishonch ruhiyatini tomoshabinga ochib beruvchi ushbu komedik melodramma rosmana hind filmlari kabi suratga olingan. Ya’niki, ajabtovur dialoglar, yigitning shoirona maqtanchoqligi va soxta jang sahnalari.

Yutuq

  • Film kadrlari chiroyli montaj va kompyuter grafikasi orqali ancha boyitilgan. Bosh qahramon obrazini ijro etgan Furqat Tursunovning karate jang usullari bo’yicha tryuklari ham film kadrlarida o’ziga xosligini bildiradi. Barcha voqealar bir-biriga chambarchas bog’langan, kartinada uzilishlar yoki tushunmovchiliklar sezilmaydi.
  • Yo’qolib qolgan Aziz Rametovning filmda paydo bo’lgani va mahoratli ijrosi barchaning diqqatini tortadi. Qolaversa, kartinada katta aktyorlardan Ubaydulla Omon, To’ti Yusupova, Said Muxtorov, Saida Rametova, Mirza Azizov, Sanjar Shodiyev, yoshlardan Alisher Uzoqov, Aziz Rametov, Dilorom Mirzayeva, Ma’mur Xolmedovlarning borligi tomoshabinga aktyorlar ansamblining naqalar yaxshi tanlanganini bildiradi.
  • "Ishonch”da estrada xonandalari va kino aktyorlari sifatida tanilgan Samandar, Sharof Muqimovlarning ham ishtiroki kuzatiladi. Garchi ular faqatgina bitta-ikkita sahnada ko’rinishsa-da, maxsus taklif etilishgani film mavqeyiga hissa qo’shgan.

Kamchilik

  • Bosh qahramon obrazini ijro etgan yigitda plastika unchalik ham quvonarli darajada emas. Agarda u o’zi bajarayotgan jang san’ati usullarini plastik uyg’unlikka olib kela olganida, uni shu filmning o’zidayoq mahoratli aktyor sifatida tan olishimizga yetarli bo’lar edi. Lekin bunga hali ancha bor ekan...
  • Filmda bosh qahramonning singlisi rolini ijro etgan aktrisa ham unchalik kartinaga qovusha olmagan. Balki u o’zining ikkinchi darajali obrazda ekanligidan ko’ngli to’lmagandir?
  • Qolaversa, kartinada turli xorij musiqasi o’yinlarini ko’rsatishga harakat qilgan xonandalarimiz ya’ni o’sha yuqorida aytgan Samandar va Sharoflarning raqslari umuman kerak ham emas edi. Shunisi ortiqcha bo’lib qolgan. Bu bosh qahramon yigitning ulardan mahoratli ekanligini ko’rsatish niyatida tashkil qilinganini sezish mumkin. Ammo...

Nima bo’lganda ham Mansurning debyut filmida katta xatoliklar ko’zga tashlanmaydi. Axir bu yoqda prodyuserning ham talablarini hisobga olish kerak. Shuning uchun "Ishonch” filmi ijodkorlariga omad tilab qolamiz.

Категория: Har-Xil | Просмотров: 1934 | Добавил: sher_lev
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]