Главная » 2011 » Ноябрь » 7 » FOLBINLARNING FALOKATLARI.
13:04
FOLBINLARNING FALOKATLARI.






Inson borki nimalargadir ishonib, nimalargadir tayanadi. Odamlar orasida ayniqsa ayolarning sevimli naqli bor: "Folga ishonma folsiz yurma” degan.... Ko’pchilik ayolar boshiga tashvish yoki yecha olmagan g’am qayg’usining yechimini topish uchun folbinlarga murojaat etishadi. Shuni aytish joizki barchamizga ma’lum bo’lgan ma’lumot qadimgi kitoblarda folga ishonganlarni qatiq jazolabgina qolmay ularni qoralashgan....


Folbinlarning asosiy maqsadi nima? Barchamizning fikrimiz o’sha birgina maqsad bo’lmish pul undirish degan hayol keladi... E'tibor bilan kuzatsangiz folbinlarning deyarli barchasi ruhiy o’zini boshqara olmaydigan, qo’larini harakatga keltirib nimalarnidir jo’mbishga kelib gapiradigan bo’lishadi... Biror savol bilan murojat qilsangiz huddi ichlarida "Nima deb aldasam bo’larkin” degan hayol bilan birorta taxmin qilib, so’z yuritishadi... Ayolarning kalta fikrlashlari pand beradimi bilmadigu lekin folbinlarning fikrini doim maqullashadi, aniq dalil va isbot bilan gapirish mumkinki folbinlarning folidan 101 % notog’ri...
Ma’lumotlarga qaraganda folbinlar guruch, ip, un shakar va ko’pchiliklari kofe kukuni orqali fol ochishar ekan. Ular nafaqat fol ochtirish niyatida kelganlarni balki o’zlarini ham shu narsalarga ishontirishga harakat qilishadi.


"Qizing homla ko’rmaydi fol ochdim” "Kel fol ko’rib qo’yay yuzingda dushmanlaringni hasadini ko’ryapman” "Yo’linga qora mushuk to’siqlik qilyapti” "Bir eshikdan kirmang xosiyati yomon” "7 ta igna olib uyingni burchaklariga qo’yib chiq” shu va shu kabi jumlalar Folbinlarning hayotiy lug’atlarining old so’zlaridandir...?! 


Irim sirimlarga ishonish, folbinlarga shunchalik bog’lanib qolish, turli makrlarga ishonib, firibgarlarning qoliga tushib qolishdan saqlaning!
Категория: Har-Xil | Просмотров: 515 | Добавил: JANOB_XECHKIM
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]