Главная » 2011 » Июль » 7 » "Diqqat shaharda sevishganlar" filmi premerasi yaqin...
13:11
"Diqqat shaharda sevishganlar" filmi premerasi yaqin...





"Diqqat shaxarda sevishganlar" filmi premerasi yaqin..."Diqqat shaharda sevishganlar" kartinasi Ikrom Alining ilk rejissorlik ishi hisoblanadi. Stenariy muallifi Dilafruz Muxamedjanova. "Diqqat shaharda sevishganlar film"ining syomka jarayoni juda qizg'in tarzda olib borilmoqda. Albatta bunda filmning rejissori prodyusseri va operatorlarining o'rni katta. Syomka jarayoning e'tiborli joylari shundaki, filmda ishtirok etgan aktyorlarning barchasi o'zlari yaratayotgan obraz qahramonlariga mos. "Diqqat shaharda sevishganlar" filmi hozirgi yoshlarning hayotidan olingan bo'lib, ularning turmush tarzi, ko'chadagi, ishxonadagi hayoti aks ettirilgan. Syomka jarayoni 3 oydan buyon davom etmoqda. Ushbu filmda yosh, ammo iste'dodli aktyor UzTim guruhi solistlari Islom Davudov, Avaz Isomuhammedov hamda Diyora,Jamshid Abduazimov,Zuhra Soliyeva, Husan, Ma'mur Holmedov, Shirin va bir qancha taniqli aktyor va aktrisalarimiz filmda rol ijro etishgan. Film uchun maxsus soundtreck qo'shiqni "UzTim" guruhi hamda "Guruhh" kuyladi. Qo'shiq "Sevgi" deb nomlanadi. Endilikda ushbu qo'shiqni portalimizning Mp3 Musik bloki orqali ham tinglab baho berish imkoniyati mavjud. Hozirda qo'shiq uchun klip montaji olib borilmoqda. Tez orada TV kanallari orqali tomosha qilishingiz mumkin. "Diqqat shaharda sevishganlar" filmining prem'erasi Sentyabr oylarining boshlariga bo'lishi rejalashtirib qo'yilgan.

Filmning rejissyori Ikrom Ali.

Hozircha esa "Diqqat shaharda sevishganlar" filmidan fotolavhalarni tomosha qilish imkoniyatiga egasiz.
















Категория: Har-Xil | Просмотров: 679 | Добавил: sher_lev
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]