Главная » 2011 » Октябрь » 10 » Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
23:13
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!
Yumib dindan tamom ko’zlaringizni, Nahot is bosibdir yuzlaringizni.Haqqingiz yo’q aslo ota-onalar!!! Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Dindan so’z ochilsa ko’zlaringiz lo’q, Go’yo u dunyodan ko’ngil tamom to’q. Insof qiling endi o’zingizda yo’q, Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!! 

Shkur qiling gaplar otmayapti-ku, Gunohlar qariga botmayapti-ku, Ko’chada tanasin sotmayapti-ku, Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!

Islom deganida yuraklar yumshab, Qachon tura olasiz chaponni to’shab?! Bechora jin chalgan telbaga o’hshab, Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!

Ikki dunyoda ham g’ov bo’lib yurmas, Ilohiy amrga yov bo’lib yurmas, Hamma nigohlarga ov bo’lib yurmas, Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
 
Vaxshiy tuyg’ulardan asrab avaylang! Qalbiga ilohiy amrni joylang! Musulmonsiz ahir, iltifot aylang! Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Uchramas folbin-u ham kinnalarga, Qalbini itarmas cho’g’ o’rnalarga, Yo taqlid qilsinmi, Madonnalarga?! Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Sizga suyaniblar turgisi kelar, Asri saodatni ko’rgisi kelar, Fotimaga o’hshab yurgisi kelar, Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
 
Atrofga bir boqing fahshiy og’izlar,Erkaklardan battar shaddoda qizlarYalang’och dunyoga yetar be xislar, Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Tosh ham xayron qolgan murg’ak boshimi,Toboro ezmoqda tana bosimiERLARGA BUYURSIN ERKAKNING SHIMI,Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!! 

Ohirgi ulushim din ilhomidin, Oliblar tugatgum ko’ngil shomidan, Tik turib so’rayman ummat nomidan! Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!![Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Qaytarib oling bad so’zlaringizni! Qiyomat kunida rasvo holatda, Ko’rmayin desangiz yuzlaringizni!!!
Категория: Islamic | Просмотров: 705 | Добавил: XORAZM-1991
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]