Главная » 2011 » Май » 1 » ХОРИЖДА ТАЪЛИМ ОЛИШНИ ИСТАГАН БАРЧА ЁШЛАР УЧУН!
04:07
ХОРИЖДА ТАЪЛИМ ОЛИШНИ ИСТАГАН БАРЧА ЁШЛАР УЧУН!

Joriy yilning 29-30 Aprel kunlari poytxtimizdagi "Radisson SAS” mehmonxonasida " Eduction Voyage Agency” ("Sayohat va Ta’lim Agentligi”) tashkiloti tashabbusi bilan"Education Abroad 2011” (Xorijda Ta’lim 2011) nomli II Xalqaro ko’rgazma bo’lib o’tadi.
Ushbu ko’rgazmada Buyuk Britaniya, Shvetsariya, Polsha, Malayziya, Rossiya va Kipr kabi dunyoning o’ndan ortiq Universitet, yurtimizdagi biznes maktab, kollej va til markazlarining vakillari ishtirok etishadi. Shuningdek ushbu tadbirda O’zbekisondagi Britniya elchixonasi hamda Toshkent shahrida joylashgan AQSH elchihonasi huzuridagi Ta’lim maslahat markazi faollik ko’rsatishadi.
Ko’rgazma o’tkazilishidan maqsad oliy va o’rta ta’lim sohasida tajriba almashish, mahalliy va xorijiy ta’lim tashkilotlari hamda yoshlari o’rtasida diplomatik va do’stona aloqalar o’rnatishdir.
Hozirgi kunda kun sayin xorijda ta’lim olishga qiziqish bildiryotgan o’zbek talabalari soni ortib bormoqda. Aksariyat talabalar Evropa mamlakatlaridan Buyuk Britniya, Fransiya va Germaniyada bilim olishni afzal ko’rishadi. Shuningdek Avstrliya, Rossiya, Polsha, Malayziya, janubiy Koreya, Kipr kabi davlatlar ham bu o’rinda o’z ahamiyatiga ega. Qolaversa yildan yilga Shvetsariya oliy o’quv yurtlari tomonidan taklif qilinayotgan turizm va mehmonxona yo’nalishidagi ta’lim dasturlari ishtirokchilarining soni ham ortmoqda.
Odatda yoshlar orasida tilga oid o’quv dasturlari, bakalavriat, magistratura, aspirantura yo’nalishlarida ta’lim olish istagi bildiriladi.Ko’pgina abuterentlar horijda ta’lim olish kelajakdagi muvaffaqiyat garovi deb bilishadi.
Ko’rgazmaga tashrif buyurib xorijiy oliy o’quv yurtlar fakultetlari, mutaxasisliklar, ta’lim muddati va to’lov narxlari to’g’risida tez va oson m’lumotgaa ega bo’lishlari mumkin. Eng iqtidorli va iste’dodli talabalar xorijda bepul ta’lim olish imkoniyatlari, stipendiya yoki ta’lim grantlarini qo’lga kiritish haqida to’liq ma’lumot olishadi.
Bundan tashqari ko’rgazma ma’lum bir xorijiy tilni mukammalashtirish va bu yo’lda xorijdagi maxsus kurslarda o’qishga intilayotgan yoshlar uchun foydali ahamiyat kasb etadi. "Education Abroad 2011” ( "Xorijdagi Ta’lim 2011”) ko’rgazmasida tanlash imkoniyati keng bo’lishi ko’zda tutilgan: turli mamlakat va o’quv muassasalari, turli muddat va sharoitlarda ta’lim olish dasturlari hamda ko’pchilikga manzur keldigan ta’lim va hordiq chiqarish imkoniyatlarini o’zida mujassam etgan takliflar taqdim etiladi.
Shunisi ham muhimki ko’rgazma kunlari xorijda ta’lim olishni qo’lga kiritishda xizmat ko’rsatuvchi "Education voyage” tashkiloti mutaxasislari tashrif buyuruvchilarga malakali konsultatsiya va tavsiya berishlari hamda ularning ixtiyoriy savollariga javob berishlari mumkin.
"Xorijdagi Ta’lim 2011” xalqaro ko’rgazmasi ko’pgina abuterentlar, bitiruvchilar va oily o’quv yurtlari yuqori kurs bitiruvchilari shuningdek kichik va o’rta biznes vakillari uchun uzoq kutilgan voqeadir.
To’liq va keng ko’lamli ma’lumot olish, kerakli aloqalarni topish, shartnoma tuzish shuningdek farzandining kelajagiga qiziqqan ota-onalar uchun ham ko’rgazma samarali bo’ladi.
"Education Voyage Agency” tashkilotining oldiga qo’ygan bosh maqsadi yosh avlodga kerakli o’quv yurtlarini tanlashda keng imkoniyatlar yaratish, xorijdagi ta’lim va grantlar uchun chegirmalarni qo’lga kiritishda yordam berishdan iboratdir.

Hurmat bilan,
"Education Voyage Agency” direktori

Категория: Новости | Просмотров: 846 | Добавил: SuperBoy
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]