Главная » 2011 » Ноябрь » 23 » Chagayev yanvar oyida ringga qaytadi
03:04
Chagayev yanvar oyida ringga qaytadi





Boks bo‘yicha og‘ir vazndagi sobiq jahon chempioni o‘zbekistonlik Ruslan Chagayev 2012 yil 21 yanvar kuni ringga qaytadi.Bu haqda Universum Box-Promotion promouterlik kompaniyasi sohibi Valdemar Klyuks ma‘lum qildi.Sportbox.ru internet nashri xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlik boksyor ishtirokidagi jang Germaniyaning Shtudgart shahrida bo‘ladi.Chagayevning raqibi hozircha ma‘lum emas. Klyuksga ko‘ra, uning ismi yaqin fursatda e‘lon qilinadi.Ruslan Chagayev WBA – Jahon boks uyushmasining "vaqtinchalik” jahon chempioni unvoni uchun 27 avgustda bo‘lgan jangda rossiyalik Aleksandr Povetkinga boy berdi.33 yoshli Chagayev professional ringda 30ta jang o‘tkazib 27tasida g‘alaba qozongan, 2ta o‘yinda yutqazgan va bir o‘yin durang natija bilan tugagan
Категория: Спорт | Просмотров: 530 | Добавил: JANOB_XECHKIM
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]