Главная » 2011 » Май » 13 » Bojalar va Rayhon !?
07:39
Bojalar va Rayhon !?



Rayhonning prodyuserlik studiyasi ochgani haqida xabar bergandik. Reyting-parad uchun kurash olib borayotgan xonanda endi radioboshlovchilikni ham ixtiyor etdi. Shu haftada u xususiy radiokanallardan birida ikki loyiha bilan ishtirok etyapti. Bu loyihalar "Yetti ketti” xit-paradi va "Sevgi tarixi” deb atalgan. Bu vazifani qanchalik uddalashi esa kuzatuvlarimizdan so’ng ma’lum bo’ladi.



Rayhon

Rayhonning shu yilda yana ikki duet kuylaganidan xabaringiz bor. Ulardan biri "Bojalar” guruhi sardori Jahongir Poziljonov bilan "Intizorimsan” deya nomlangan duet. Ikkinchisi Sardor Rahimxon bilan kuylangan "Abadiy” dueti. Har ikki duet ham hali unchalik ham tinglanib ulgurmadi yoki ommalashmadi. Shu o’rinda Sardorning duetlar borasidagi fikrlariga quloq tutamiz.


"Bojalar”

"Bojalar” bilan kuylangan "Intizorimsan” dueti ham hali dovrug’ qozonmaganini hisobga olsak, demak Rayhonga nimadir yetishmayapti. Balki, ushbu duet "Bojalar”ning konsertida tilga tushar? Agarda Rayhon Jahongirning konsertida qatnashsa.
Категория: Har-Xil | Просмотров: 529 | Добавил: JANOB_XECHKIM
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]