Главная » 2011 » Апрель » 22 » Apelsin bilan lavlagi salat
21:11
Apelsin bilan lavlagi salat







Avval lavlagining foydali taraflarini o`rganib olsak
Barglari va ildizmevalari iste'mol qilinadi. Barcha qit'alarda uchraydi.

Kaloriyaliligi - 100 grammda 37 kkal

Lavlagining tarkibida uglevodlar, biriktiruvchi to'qimalar, kaliy, fosfor, kalsiy, magniy, temir, rux moddalari, C, B1, B5, B6, PP, E vitaminlari, foliy kislotasi, A provitamini mavjud.

Suyaklar mustahkam, tishlar sog'lom

Lavlagini iste'mol qilish suyaklar va tishlarning holatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, chunki unda kalsiy moddasi ko'p. Barchamizga ma'lumki, kaltsiy moddasi tanqisligi karies, raxit, osteoporoz kasalliklariga olib keladi va bolalardagi rivojlanish jarayonini buzadi.

Lavlagi tarkibidagi uglevodlar, C vitamini, kaliy va foliy kislotasining noyob birikmasi organizmni tozalaydi, charchoqni qoldiradi, anemiyaning oldini oladi hamda saraton xastaligidan himoya qiladi.

Lavlagi tarixidan

Lavlagining barcha zamonaviy navlari Uzoq Sharq va Hindistonda o'sadigan yovvoyi lavlagidan kelib Lavlagi chiqqan. Ushbu sabzavot to'g'risidagi ilk ma'lumotlar Vavilon davriga tegishli. Uni qadimgi greklar juda qadrlashgan va Apollon xudosiga qurbonlikka keltirishgan. Dastlab ovqatga faqat lavlagi barglari ishlatilgan, ildizmevasi esa davolash maqsadlarida qo'llanilgan. XIV asrda lavlagini shimoliy yevropada yetishtira boshlashadi. Napoleon I davrida qand lavlagi keng tarqaladi. Ayni paytda u qand olish bo'yicha shakarqamishdan keyin ikkinchi o'rinda turadi.

Lavlagi Sharqiy Yevropada eng lazzatli taom hisoblangan karam sho'rvaning (borshch) asosiy masallig'i hisoblanadi.




Salatning tayorlanishi

Lavlagilik salat apelsin, qizil piyoz va ko'katlar bilan.

Kerakli massaliqlar:

· 4ta katta bo'lmagan lavlagi

· 2ta apelsin

· Ko'katlardan

· 1osh qoshiq yong'oq

Sous uchun:

· ¼ stakan oq vinolik uksus

· ¼ stakan zaytun yog'i

· Ta'bga ko'ra tuz, murch

Apelsin bilan lavlagilik salatni qanday tayyorlaymiz:

1. Lavlagini duxovkada pishirib olamiz, uni ozgina sovutib, tozalaymiz va bo'laklarga kesamiz.

2. Apelsinni pochog'idan artamiz va kesamiz.

3. Likopchani pasiga ko'katlarni qo'yamiz, so'ng lavlagi, apelsin va piyozning bir nechta dumoloqchalari, duxovkada quritilgan yong'oqlarni terib chiqamiz.

4. Sous uchun kerakli barcha massaliqlarni aralashtiramiz. O'zgina ko'pirtirib, salatga quyamiz.

5. Apelsin bilan lavlagilik salatimiz tayyor


Категория: Oshxona | Просмотров: 660 | Добавил: JANOB_XECHKIM
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]