Главная » 2011 » Сентябрь » 13 » Ajabmas, balki men ham bahtlarga yetsam...
00:18
Ajabmas, balki men ham bahtlarga yetsam...



Sen mening kechirib bo'lmas gunohim,

Sen-la o'tgan umrimiz shunchaki ertak.

Hayotda o'kinmay yashashim uchun,

Sendan butunlay voz kechmog'im kerak.

Yashashga majburman, yashashim lozim,

Hattoki umrbod ko'rmayin o'tsam.

Mening ham kimgadir bordir keragim,

Ajabmas, balki men ham bahtlarga yetsam.

Balki kutmoqdadir hali oldinda

Tangrimdan tilanganim bahtiyor hayot.

Jonimdan ham aziz ikki inson bor,

Ular menga tayanch, orzuga qanot.

Men asli ular uchun olyapman nafas,

Yuragimga endi Jonim o'tmaydi so'zing.

U yerda sening ham o'rning bor edi
Uni yo'qotgan ham, boy bergan o'zing...
Категория: She'rlar/Verses | Просмотров: 710 | Добавил: SuperBoy
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]