Главная » 2011 » Ноябрь » 7 » "2012 - yil Qiyomat qoyin" deya vahima uyg'otayotgan insonlar ... ( Talab va istaklarga asosan )
07:00
"2012 - yil Qiyomat qoyin" deya vahima uyg'otayotgan insonlar ... ( Talab va istaklarga asosan )


Avalambor Assalom-u Aleykum azizlar. Bu mavzu tobora ko'p ko'tarilib, ko'pgina insonlarni cho'chitib qo'ydi. Bugun bu haqda o'zimiz bir fikr-muhlohaza qilishga qaror qildim. Biz Islom dini vakillarimiz. Musulmonmiz ... E'tibor bering: Eng buyuk din, "Islom" dini ... Olimlarning takidlashicha, quyosh sistemasida yangi bir sayyora topilibdi. U quyoshning, yerga nisbatan nargi tomonida bo'lib, 21-dekabr, 2012 - yil sanasida yerga ko'rinar ekan. Buning oqibatida yer sayyorasiga ushbu sayyoradan birinchi kuchli magnit to'lqini kelib uriladi va dunyoda 14 soniyada butun elektr toki yo'qolar,keyin esa yerga yirik kometalar kelib urular ekan. Xo'p, deylik yangi planeta topilibdi, bu degani "yerda hayot tugadi" deganimi ? ... Televizorda har kun quyosh sistemasini reklama qilishyapti. Quyoshda kuchli portlashlar, o'zgarishlar bo'layotganini ... Bu esa quyoshning qariyotganimish. Tushunarli. Olimlar shuni qiyomat bo'lishi deyishayotgan ekanda ... Quyosh o'zgaruvchanligi bu qiyomat qoyin degani emas ! Qiyomat, asoratlarni bildirib kelmaydi. Qur'onda yozilishicha: "Qiyomat insonlarga qo'qqisdan ro'y beradi. Uning boshlanishini, yoki qachon bo'lishini hechkim bilmaydi ham, aytib berolmaydi ham !" Chunki qiyomatni yaratgan qiladi. Qachon qilishi esa, noma'lum ! "Falon vaqtgacha, keyin dunyo tugaydi" deb hechqanaqa taqdirda ham, muqaddas kitoblarda ham yozilmagan ! Alloh shunchalik buyukki, o'sha planeta yoki quyosh, yerga zarracha ham ta'sir kuchini ko'rsatmaydi ! O'sha kametalar deyilib vahima uyg'otayotgan jismlar amerikani o'zini boshini yemasaydi ! Chunki kelajakda biz uchun hayot qay tariqa bo'lishini Alloh biladi. Amerikalik olimlar emas ! To'g'ri, "Qiyomat qoyin" qachonlardir bo'ladi. Lekin buni qachon ekanligini Yaratgandan o'zga, hech bir kimsa bilmaydi. (Bilishga haqqi ham yo'q !) Hatto payg'ambarimiz ham buni aniq aytib bera olmaganlar. Lekin ba'zibir insonlarga qoyil ! Bu kunni aniqlab berisharmish. Yana qanaqa deng, "O'zlari yasagan kalendarlari" orqali ... Astag'firilloh ! Qilishga ishi yo'qmi bularni ? Ey ahmoq, u kunni aniqlashga harakat qilgandan ko'ra, Alloh yo'lida savob ishlarni qil ! Bemani kashfiyotlaring bilan, basharot qilib, Allohni g'azabini keltirma ! Bunday o'ylab qarasangiz, odamlarni o'zlari Qiyomat qoyinga tezroq yetkazadigan ishlarni qilishyapti. Bundan oldin ham bir qancha olimlar qiyomat qoyinni bashorat qilishgan. 1976-yilni falon sanasida, yoki 1982-yilni falon sanasida ... vaho kazo sanalarda qiyomat bo'lishini bashorat qilganlar. Xo'sh, natijada nima bo'ldi ? Allohga shukur dunyomiz tinch ! Bashoratchilarchi ? Ayrimlari sharmanda bo'lganidan o'zini osgan, ayrimlari esa don daraksiz yo'qolgan, ba'zibir ahmoq, yuzsizlari esa yana va yana bashoratlarini davom etdiravergan. Aniq natija esa hammamizga ma'lum ! Bu ham kamlik qilganidek endi 2009-yilga kelib, aytilishicha qanaqadir Maya degan qabila hindulari bundan ming yillar avval "2012-yil oxir zamon" deya bashorat qilishgan ekan. Tovba ... Eh odamlar ... Buni qarang, insonlar bunga ishonib hatto film ham suratga olishdi. Ha nima emish " Mayaliklarning bashorati to'g'ri chiqadi " ... Kechirasiz-u, o'sha mayaliklar payg'ambar yoki Allohmidi ?! Sizni mayaliklar yaratganmi ? yoki Alloh ? E'tibor bering, insonlarga qiyomat qoyin kunini aytib berish, hatto sanasi, bu ham kamdek soat millarigacha bashorat qilib berishibdi. Buni qarang, Allohni ishini oldindan bilishganmish ! Tag'in aniq vaqtlarigacha ... Bu Allohga xush keladi deb hisoblaysizmi ??? Alloh shirk keltirganlarni suymaydi ! Buni unutmaylik ! Turli mintaqalarda tabiiy ofatlar kuzatildi. Yaponiyani suv bosishi, yana qayerdadir zilzila kuzatilishi ... Bunga ham odamlar nima dedi deng: - " Bu 2012-yil, qiyomat qoyindan dalolat !" Tovba ... ! Bu qiyomatdan darakdek tuyular, ammo bu har bir davlatning ichki sir-sinoatlari asnosida yuzaga keladi. Alloh bejizga tabiiy ofatni insonlarga yo'liqtirmaydi. Nega bu tabiiy ofatlar bo'lganini yaxshisi yozmaganim ma'qul. Mavzudan yiroqlashmaylik ... Yana bir olim, Amerikalik ismi "Garold cemp" ham o'zi tuzgan kalendar orqali turli xil bashoratlar qilib ko'rdi. U 2012-yilni kutib ham o'tirmadi. 2011-yilning 12 - yoki 17 - mayida qiyomat qoyin bo'lishini bashorat qildi. Alloh o'sha kunga ham yetkazdi. Natija esa ma'lum ... U yana bashorat qilishdan to'htamadi. (Eslatma: Garold cemp 1994-yilda yilda ham qiyomat qoyin bo'lishini bashorat qilgan) 2011-yilni iyul oyida ham qiyomat bo'lishini ta'kidladi. Natijachi ? (Allohga shukur dunyomiz tinch) U hisobda adashganini bahona qildi. Bular ma'naviy bo'lganini, 2011-yilni, 21-oktyabri 18:00 ga kelib, har bir mintaqa vaqti bo'ylab, "jismonan" talato'p boshlanishini ta'kiladi. (Buni qarang soat millarigachaya) Shu gapizga: "Vuhahahaha" !!! Ey ahmoq, kalendaring Alloh oldida nima bo'libdi ? Allohga ming bora shukur 21-oktyabr ham tinch o'tdi. O'sha bashoratchi olim endi nima der ekan ? ... Qiziq ... ! Bizni Alloh yaratdimi, Alloh jonimizni oladi ! Qiyomat qachon ekani ham faqatgina Allohga ma'lum ! Alloh oldida Mayaliklar ham, anavi tentak olimlarning bashorati ham hech qanday ahamiyatga ega emas ! Chunki ular Allohga shirk keltirishdi. Allohni ishini aniqlashga harakat qilishdi. Vaqtini belgilashdi ham. Bu ishlari Allohni g'azabini keltirishdan bo'lak hechnarsa emas ! Shu kashfiyotlari o'zlarini boshlarini yeydi ! Qayerdadir kuchli zilzila, qayerdir yonib ketishi bular qiyomatdan darak emas, Alloh g'azabini keltirgan insonlargagina bu hodisalar ro'y bermoqda. Ba'zibir ahmoqlar buni qiyomat qoyinga chiqarib vahima tarqatishadi. Falokatlar oldin ham bo'lgan, bundan keyin ham bo'laveradi. "Falokat oyoq ostida" deyishadiku. Bu esa oxir zamondan darak emas ! Alloh gunoh qilgan insonlarga ushbu ofatlarni yo'liqtirarkan. (Gunohlarimizni kechirsin) Allohga shukur bizning yurtimiz tinch. Bundan keyin ham tinch bo'ladi inshaalloh ! Har xil gaplarga e'tibor bermaylik. Taqdirda bori bo'ladi ! Banda adashadi, lekin Alloh adashmaydi ! 2080-yillar ham bo'ladi deyilgan muqaddas kitoblarda. ( Inshaalloh ) Men faqatgina Allohni bilaman ! Do'stlarim kim nima desa desin. Siz ham faqatgina Allohni bilib, savob ishlar qiling ! Bu ishingiz Allohga albatta xush keladi ! Hali biz yashab turgan davr uzoq yillar bo'ladi Xudo xohlasa ! Xulosa qilsam: Bizni yaratgan, Alloh aytgani bo'ladi ! Boshqalarning bashoratu, gaplari bir pul ! Azizlar o'tayotgan har bir yangi kuningiz xayrli bo'lib, Allohim xonadoningizga fayz-u baraka bersin ! Allohim barchamizni o'z panohida asrasin, Omin !!!

Категория: Islamic | Просмотров: 1247 | Добавил: SuperBoy
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]