Главная » 2011 » Ноябрь » 17 » 17 oktyabr 2011 yil "Osiyo Grand" restorani yulduzlarga to’ldi. Eshik oldidanoq Farruhning to’yi bo’lishini bilgan halq yulduzlarni suratga
22:07
17 oktyabr 2011 yil "Osiyo Grand" restorani yulduzlarga to’ldi. Eshik oldidanoq Farruhning to’yi bo’lishini bilgan halq yulduzlarni suratga





To’yhonaning ichidachi? Hamma shu yerda! Aktyor aktrisalar, honandalar... Faqatgina aktisalardan Dilnoza Kubayeva va honandalardan aka-uka Jo’rayevlar ko’rinmadi. Lekin odam haddan ziyod ko’p bo’ldi. Kuyovjo’ra Ulug’bek Qodirov bo’ldi... 

Marosimni Nilufar Sotiboldyeva va Farhodlar olib borishdi. Yalla guruhi "Kelibdi" qo’shig’i bilan ochib berdi. 2 marotaba kuyladi o’ziyam, chunki ulgurilmadi. Keyin Ho’ja guruhi. Sardor Rahimhon bilan to’yni olib boruvchi Farhodni libosi bir hil bo’lib qolibdi. Keyin Asilbek Negmatov, Yulduz Ibragimovna, Shahzoda va boshqalar ketma ket kuylashni boshlashdi. Hamma shu yerda... Bojalar, Nilufar Usmonova, Sevara Nazarhon, Shohruhhon, Bojalar, Ziyoda, Manzura va hokazolar. Faqat Yulduz Ibragimovna va Asilbek Negmatov jonli kuylashdi. 2ta sahna qilinib, birida 30 kishidan iborat orkestr boshqasi honandalar uchun bo’ldi. Faqatgina ikkinchi sahna noqulayroq bo’lgani uchun raqsga tushish uchun deyarli joy bo’lmadi. Birinchi bo’lib raqsga tushganlar klipmeyker Yodgor Nosirov, aktrisalar Saida Rametova, Zuhra Ashurovalar bo’ldi. 

Hullas Farruh va Zohidahonlarga oilaviy baht!

Категория: Новости | Просмотров: 579 | Добавил: JANOB_XECHKIM
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]